Tramp: “Men oʻyin oʻynamayman”. AQSH HAMASni majburan qurolsizlantirishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Tramp HAMAS harakati ixtiyoriy ravishda qurolsizlanmasa, Vashington buni majburan amalga oshirishini maʼlum qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Trampning taʼkidlashicha, qurolsizlantirish jarayoni “oqilona muddat ichida” yakunlanishi kerak.
“Ular qurolsizlanishadi, chunki bu haqda vaʼda berishgan. Agar buni bajarmasalar, biz oʻzimiz ularni qurolsizlantiramiz. Men oʻyin oʻynamayman”, — dedi respublikachi prezident.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Gʻazo sektorida Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi kelishuv kuchga kirgan edi. HAMAS esa qurolni faqat isroillik qoʻshinlar anklavni tark etganidan soʻng qoʻyishini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring