Isroil HAMASni toʻliq tor-mor etish rejasini ishlab chiqmoqda
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas armiyaga Gʻazo sektorida mojarolar qayta avj olsa, HAMASni toʻliq yoʻq qilish boʻyicha harbiy reja tayyorlashni topshirdi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.
Kasning ofisidan maʼlum qilinishicha, agar HAMAS tuzilgan kelishuv shartlariga rioya qilmasa, Isroil AQSH bilan hamkorlikda harbiy harakatlarni qayta boshlaydi va guruhni butkul tor-mor etish, Gʻazodagi vaziyatni oʻzgartirish hamda urushning barcha maqsadlariga erishishni koʻzlaydi.
Avvalroq AQSH, Misr, Turkiya va Qatarning yetakchilari Sharm ash-Shayxda Gʻazodagi urushni toʻxtatish boʻyicha sulh bitimini imzolagan edi.
Kelishuvga koʻra, tomonlar garovdagilarni ozod qilish, oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil armiyasining Gʻazo sektoridan bosqichma-bosqich chiqib ketishini nazarda tutgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring