Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlanadi, deb xabar bermoqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Xabarda keltirilishicha, abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari kerak boʻladi:
- 3,5×4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
- oʻqishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Shuningdek, abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
- oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
- va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” yoki vazirlikning @eduuzuniversalbotʼi orqali olish mumkin.
Qabul kvotasi haqida batafsil ushbu havolada tanishing.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring