Bugun Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi ishtirok etadigan Jahon chempionati start oladi
Bugun, 3-noyabr kuni Doxa shahrida 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati start oladi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida 4-bora ishtirok etmoqda. Jamoa 2011-yil (Meksika) va 2023-yilgi (Indoneziya) musobaqalarda chorak finalgacha yetgan. 2013-yilda Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan mundialda esa 1/8 final bosqichida ishtirokini yakunlagan.
Islombek Ismoilov boshqaruvidagi jamoa 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining “J” guruhida Paragvay, Irlandiya va Panama oʻsmirlar terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Paragvay
Yoʻllanma: U-17 Janubiy Amerika chempionati — 5-oʻrin
Mundialdagi ishtiroklar: 5
Eng yaxshi natija: chorak final (1999, 2019)
Murabbiy: Mariano Uglesich
Eʼtiborga loyiq oʻyinchi: Alan Ledesma
Ledesma U-17 Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishda Paragvay jamoasining muhim oʻyinchisi boʻlgan. Jamoa sardori sifatida u maydon markazida oʻyinni boshqaradi va kurashuvdanligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, u U-17 Janubiy Amerika chempionatida Paragvay ikki marta penalti seriyasida gʻalaba qozongan bahslarda zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasi gʻalabasiga hissa qoʻshgan.
Panama
Yoʻllanma: KONKAKAF U-17 saralash bosqichi — guruh gʻolibi
Mundialdagi ishtiroklar: 3
Eng yaxshi natija: 1/8 final (2011)
Murabbiy: Leonardo Pipino
Eʼtiborga loyiq oʻyinchi: Estevis Lopes
Chap qanot hujumchisi — Lopes murabbiy Leonardo Pipino tizimida muhim oʻrin tutadi. U KONKAKAF U-17 saralash bosqichida Panamaning uchta golida qatnashgan, ijodkorligi hamda aniq va kuchli zarbalari bilan oʻyin taqdirini oʻz foydasiga oʻzgartira oladi. Hozirda u Panamaning “Costa del Este” klubidan Argentinadagi “River Pleyt” yoshlar jamoasiga ijara asosida oʻynamoqda.
Irlandiya
Yoʻllanma: UYEFA U-17 Yevropa chempionati final bosqichi qatnashchisi
Mundialdagi ishtiroklar: 0
Eng yaxshi natija: yoʻq
Murabbiy: Kolin OʼBrayn
Eʼtiborga loyiq oʻyinchi: Jeyden Umeh
Tezkor, ijodkor va gol urishga moyil hujumchi Umeh Portugaliyaning “Benfika” klubi safida toʻp suradi. U 2024-yilda Portugaliyaga koʻchib oʻtgan va Irlandiya bosh murabbiyi Kolin OʼBraynning taʼkidlashicha, u “Benfika” akademiyasiga qoʻshilgandan keyin oʻyini sezilarli darajada yaxshilangan.
Umehning akasi Franko ham professional futbolchi boʻlib, hozirda Irlandiyaning U-21 terma jamoasida oʻynaydi.
Eslatib oʻtamiz, 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi musobaqa doirasidagi ilk uchrashuvni 5-noyabr kuni Paragvayga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring