Bugun ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga toʻlov qilishning oxirgi kuni
Bugun ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga toʻlov qilish yakunlanadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlumki, 2026-yilning 1 yarmida boʻlib oʻtadigan umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida oʻtkaziladi.
Joriy yilning 1 yarmida ona (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan oʻtkaziladigan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish 9-yanvargacha boʻlib oʻtdi.
Toʻlovlar esa bugun, 10-yanvargacha davom etishi haqida maʼlumot berilgan edi. Test sinovi uchun talabgorlar “my.gov.uz” sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring