Bugun metroda “svet” oʻchib qolishining sabablari maʼlum qilindi
Bugun, 27-noyabr kuni ijtimoiy tarmoq hamda axborot saytlarida elektr energiyasi bilan bogʻliq muammo tufayli Toshkent metrosining “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi “Gʻafur Gʻulom”, “Alisher Navoiy” bekatlarida yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar toʻxtab qolganligi toʻgʻrisida maʼlumot tarqaldi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ning maʼlum qilishicha, bugun soat 10:42da Shayxontohur tumanida joylashgan 35 kV “Shayxontohur” podstansiyadagi yuqori kuchlanishli “Shayxontohur 1” yoʻnalishli kabel tarmogʻi shikastlanishi natijasida qisqa muddatli uzilish boʻlgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zaxiradagi kabel tarmogʻiga ulangan. Soat 10:43 da elektr energiyasi toʻla quvvat bilan uzatila boshlangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring