Bugun mamlakatimizda qolipli non narxi 2500 soʻmga koʻtarildi, yurtdoshlarimizni qiynayotgan bu muammoga mutasaddilar qanday munosabat bildiradi?
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi respublikamizning viloyatlari va tumanlarida shu kunlarda qolipli nonning sotuvdagi narxini oʻrganishdi. Natijaga koʻra maʼlumotlar quyidagicha:
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod, Shoʻrchi,Termiz tumanlarida hamda Termiz shahrida qolipli non 1500-2000 soʻmgacha, Denov, Qumqoʻrgʻon tumanida 1500 soʻmdan, Boysun tumanida 1500-1800 soʻmgacha, Sariosiyo tumanida 1600-2000 soʻmgacha, Uzun tumanida 1200-1800 soʻm narxlarda sotilayotgani kuzatilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman va shaharlarida qolipli nonning narxlari quyidagicha baholanmoqda. Kegeyli, Moʻynoq, Qonlikoʻl, Shumanay, Amudaryo, Beruniy,Nukus tumanlarida 1500 soʻmdan, Nukus shahri, Qoraoʻzak, Chimboy, Toʻrtkoʻl tumanlarida 1500-2000 soʻmgacha, Taxtakoʻpir, Qoʻngʻirot tumanlarida 2000 soʻmdan, Ellikqalʼa tumanida 1400-1500 soʻmgacha, Xoʻjayli tumanida 1500-2500 soʻmgacha sotilayotgani maʼlum boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring