Bosh rejaga xilof ravishda yer uchastkalari ajratilishi holatlari boʻyicha 370 ta noqonuniy harakat aniqlangan

05:44 15 Aprel 2022 Jamiyat
566 0

Foto: Illustrativ foto

Bosh rejaga xilof ravishda yer uchastkalari ajratilishi, qurilish-montaj ishlarini kelishilmagan holda boshlash holatlari boʻyicha 370 ta noqonuniy harakat aniqlandi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi.

«Mahalliy ijro etuvchi hokimliklar tomonidan hududlar bosh rejalariga zid ravishda qaror qabul qilish amaliyoti hanuzgacha davom etmoqda. Mazkur holatlarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi idoralarga taqdimnomalar kiritilishiga qaramasdan, qonuniy talablar qanoatlantirilmasdan qolmoqda.

Masalan, 240 ta shahar va tuman bosh rejalari ustidan monitoring ishlari olib borilgan. Natijada 814 ta qoida buzilish holati aniqlandi hamda ular yuzasidan mutasaddi idoralarga ogohlantirish xati va taqdimnomalar yuborildi.

127 ta noqonuniy holat yuzasidan jarima jazosi qoʻllanildi va 1 265 ta mansabdor shaxsga nisbatan hujjatlar tayyorlanib, maʼmuriy sudlarga yuborildi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер