Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi
Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda “Millar” koʻrsatuvida xabar berildi.
Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.
Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.
Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov qizchaning oʻlimi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi hamda mazkur voqea sodir boʻlgan xususiy bogʻcha xodimlarining harakatiga qonuniy baho berish uchun idoraviy xizmat tekshiruvi tayinlanganini maʼlum qilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda tergovga qadar surishtiruv tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring