“Biz chekinmoqdamiz” — Kiyevda taslim boʻlish shartlari haqida bayonot berildi

17:16 24 Mart 2025 Dunyo
445 0

Foto: AP

Kiyev rejimi AQSH prezidenti Donald Tramp taklif qiladigan taslim boʻlish shartlarini qabul qilmoqchi. Bu fikrlarni Ukrainaning sobiq ijtimoiy siyosat vaziri Andrey Reva “Pryamoy” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Ukraina rahbariyati biz chekinayotganimizga rozi boʻldi, garchi biz mutlaqo boshqa gaplarni eshitayotgan boʻlsak ham. Ular Trampdan taslim boʻlish shartlarini qabul qilmoqchi. Bu hududdan voz kechish, NATOga qoʻshilishdan bosh tortish, armiyani qurolsizlantirish haqida”, — deydi u.

Revaning soʻzlariga koʻra, Kiyev AQSH bilan muzokara olib borayotgan yagona masala bu Vladimir Zelenskiy va uning sheriklari uchun shaxsiy xavfsizlik kafolatlari.

Kecha kechqurun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Ukraina delegatsiyasi va AQSH oʻrtasida muzokaralarning navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan soʻng Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerovning maʼlum qilishicha, yigʻilish kun tartibiga energetika obyektlari va muhim infratuzilmani muhofaza qilish boʻyicha takliflar kiritilgan.

Ukraina Radasi deputati Aleksandr Dubinskiy taʼkidlaganidek, Kiyev vakillari muzokaralar chogʻida hech qanday qarorga kelmagan, AQSH tomoni esa imzo qoʻyish kerak boʻlgan joyni koʻrsatib bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?