Oltita OTMga yangi rektorlar tayinlandi

Joriy yilning 19-may kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan tadbirda Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Sherzod Neʼmatov bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Batirbek Kaipbergenov bugungi kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Dilnoza Shavkatovna Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi.
Dilnoza Xoʻjayeva bugungi kungacha Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Toʻlaganov Bahrom Abduqobilovich Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi.
Bahrom Toʻlaganov tayinlovga qadar Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Sadoqat Gʻafforovna Siddiqova Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
Sadoqat Siddiqova bugungi kunga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rasul Nortojiyevich Toʻrayev Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
Rasul Toʻrayev tayinlovga qadar Termiz davlat universitetining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring