Bekobodda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqargan yashirin sex fosh qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan fuqaro J.I. “Yoshlik” MFY hududidagi xonadonida chigitdan qoʻlbola usulda yogʻ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 1 ming 200 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1 ming 200 kg paxta chigiti, moyjuvoz uskunasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring