Baliqchi tumanida yoshlar oʻrtasida vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi
Baliqchi tumanidagi umumtaʼlim maktablarida “Kelajakni mardlar, tarixni gʻoliblar yaratadi”, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa “Men ham askar boʻlaman” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni arafasida tashkil etilgan ushbu uchrashuv va davra suhbatlari yosh avlod qalbiga Vatanga sadoqat, tinchlik va xavfsizlikni asrash gʻoyalarini singdirishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi.
— Bunday tadbirlar tumanimizdagi 64 ta umumtaʼlim maktabi va 416 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazildi, — deydi tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi Oʻtkirbek Abdurahimov. — Ularda jami 20 ming 688 nafar bolajon va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi. Bu esa vatanparvarlik gʻoyalarini keng jamoatchilik orasida targʻib etishda muhim qadam boʻldi.
Tadbirlarning asosiy maqsadi oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasbning sharafli va masʼuliyatli jihatlari bilan tanishtirish, Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi ekanini anglatish, shuningdek, yigit-qizlarda ona yurtga nisbatan hurmat, gʻurur va faxr tuygʻularini shakllantirishdan iborat boʻldi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring