Baxtiyor kichkintoylar maskani

11:29 17 Noyabr 2021 Jamiyat
681 0

Foto: “Xalq so‘zi”

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari ijrosini taʼminlash doirasidagi saʼy-harakatlar samarasida hududlarning ijtimoiy infratuzilmasi zamon talablari asosida rivojlanib, aholi turmush darajasi o‘sib bormoqda.

Jumladan, Andijon tumanidagi “Mustaqillik” MFYda uzoq yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan yo‘l-transport, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar bugunga kelib to‘la barham topdi. Shuningdek, hududdagi tibbiy va taʼlim muassasalarida ham zamonaviy sharoitlar yaratildi. Ayniqsa, yangidan qurilgan 3-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga topshirilishi bu yerlik aholini yana-da ruhlantirib yubordi.

-Shu kunlarda Andijon tumanida maktabgacha yoshdagi bolalarni taʼlimga qamrab olish borasidagi ishlar ko‘lami har doimgidan ortgan,-deydi Oliy Majlis Senati aʼzosi Matlubaxon G‘aniyeva. – Quvonarlisi, songa emas, sifatga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Har bir bog‘cha o‘zining taʼlim-tarbiyadagi o‘ziga xos uslub va yondashuvi bilan bir-biridan farq qiladi. Bu esa ota-onalarda tanlash imkoniyatini oshiradi. Qolaversa, sohada erkin raqobat yuzaga kelmoqda.. Bularning barchasi maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol tarbiyalashga xizmat qiladi.

“Mustaqillik” mahallasida 2863,9 mln. so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bog‘chada hozirda 120 nafar bolajon tarbiyalanmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер