Bayram ham, bayroq ham zahmatkashniki!

Yangi Oʻzbekistonda “Inson qadri uchun” degan tamoyil barcha islohotlarning asosini tashkil etmoqda. Shoʻrchi tumanida mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari uchun bayram tadbiri oʻtkazilgani yuqoridagi fikrimizning dalilidir. Bu tadbirda istiqlol sharaflanib, zahmatkashlar mehnati yuksak eʼtirofga sazovor boʻldi.
Qishning qahratonida ham, yozning jaziramasida ham ochiq havoda fidoyi mehnat qilib, shaharu koʻchalarimizni gulu boʻstonga aylantirayotganlar aynan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlaridir. Ular kam maoshli ishda qanoat bilan mehnat qiladi. Haqiqiy bayram ularniki, chunki ularning hissasi bilan obod muhitda shodiyonalarni nishonlaymiz.
Tuman hokimi oʻrinbosari Abdumurod Xoʻjakeldiyev va boshqalar tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
— Ishchilarimiz oddiy, ammo juda masʼuliyatli ish bilan shugʻullanishadi, — deydi Shoʻrchi tumani obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Boʻron Mengboyev. — Kun issiqmi, sovuqmi — koʻcha, xiyobon va yoʻllarimizni toza, obod saqlash uchun bor kuchlarini berib mehnat qilishyapti. Bugungi bayram tadbirida ularning mehnati eʼtirof etildi.
Kuy-qoʻshiqlar va samimiy suhbatlar bilan oʻtkazilgan ushbu tadbir zahmatkashlarga katta quvonch va ruhiy quvvat baxsh etdi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring