Aziz Abduhakimov Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi

13:53 19 Noyabr 2025 Siyosat
189 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Aziz Abdukaxarovich Abduhakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aziz Abduhakimov, shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri lavozimidan ozod etildi. U 2023-yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoni bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Vazirlar Mahkamasi tizimidan chiqarilib, uning negizida amaldagi shtat birliklari saqlangan holda, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tashkil etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?