Auditorlik tashkilotini reyestrga kiritish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023-y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga koʻra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Soʻrovnoma toʻldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.
Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi.
Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini koʻrsatishni rad etadi:
— ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
— auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq boʻlmasa.
Davlat xizmati koʻrsatilganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring