Atmosferani zararlagan gul yetishtiradigan issiqxona egasiga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida joylashgan issiqxona atmosferaga zararli moddalar chiqarayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, oʻrganish jarayonida Sergeli tumani “Qut-baraka” MFY hududida joylashgan “Dilfuza Dilafruz” fermer xoʻjaligi yerida fuqaro K.N ga qarashli gul yetishtiradigan issiqxonaning isitish uchun moʻljallangan qozonxona moslamasida qisqa muddatli nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida filtr qurilmasi oʻz vazifasini toʻliq bajarmagan va atmosferaga zararli moddalar chiqargan.
Tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilmaganligi sababli fuqaro K.N ga nisbatan “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 95-moddasi asosida jarima qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring