AQSHda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Arxiv foto
AQSHning Texas shtatida yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda CBS telekanali oʻt oʻchirish xizmatiga tayanib xabar tarqatdi.
Oldinroq, FOX 4 News Fort-Uort shahri oʻt oʻchirish boshqarmasiga tayanib, samolyot hududdagi aeroport yaqinida qulagani haqida xabar bergan edi. “The New York Times” gazetasining yozishicha, bu yerda “Beech King Air C90” rusumli samolyot halokatga uchragan.
“Samolyot halokatida ikki kishi halok boʻldi”, — deb xabar berdi telekanal sayti Fort-Uort yongʻin xavfsizligi boshqarmasiga tayanib.
Halokatdan keyin samolyot yonib ketgan, biroq keyinroq yongʻin nazoratga olingan. Federal aviatsiya boshqarmasi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring