AQSH vitse-prezidenti Isroilning Gʻarbiy sohil boʻyicha siyosatini qoraladi
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Isroil hukumatining Gʻarbiy sohilni qoʻshib olish (anneksiya qilish) niyatini keskin tanqid qildi.
“Bu juda ahmoqona siyosiy qaror. Gʻarbiy sohil Isroil tomonidan qoʻshib olinmaydi”, — dedi Vens Isroil parlamentidagi ovoz berishga ishora qilib.
Uning taʼkidlashicha, anneksiya haqidagi tashabbusni Knessetda koʻpchilik qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa-da, AQSH bu rejaga qatʼiyan qarshi va bu pozitsiya Vashingtonning doimiy siyosatidan iborat.
Vens, shuningdek, ushbu ovoz berish natijalari uni shaxsan xafa qilganini aytdi. Uning fikricha, bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumatidagi oʻta oʻng kuchlar yillar davomida anneksiya gʻoyasini olgʻa surib kelmoqda.
Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp ham avvalroq Isroilga bu hududni bir tomonlama qoʻshib olishga yoʻl qoʻymaslikni taʼkidlagan edi.
Falastinliklar esa Gʻarbiy sohilni kelajakdagi mustaqil davlatning ajralmas qismi sifatida daʼvo qilishda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring