AQSH rossiyalik general suiqasdiga aloqadorligini rad etdi
Rossiya Qurolli Kuchlari radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari boshligʻi general Igor Kirillov Moskva shahridagi uyining yaqinida yuz bergan portlashda halok boʻlishi xalqaro jamoatchilikda turli farazlarni ilgari surishayotgandi.
AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller bu voqeaga AQSHning aloqasi yoʻqligini taʼkidladi. U oʻz bayonotida: “Biz bu voqea haqida oldindan maʼlumotga ega emasdik va bu ishda ishtirok etmadik”, — dedi.
General Kirillovning oʻldirilishi Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi keskinlikni yana kuchaytirdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova AQSHning oʻzini bu voqeadan chetga olishini tanqid qilib, “bizda aniq dalillar bor” deb aytdi. Ukraina xavfsizlik xizmati esa generalni “harbiy jinoyatchi” deb atab, uni oʻldirishga maxsus operatsiya uyushtirilganini tasdiqladi.
General Kirillov 2017-yildan buyon Rossiyaning radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlariga rahbarlik qilib kelgan. U bir necha marta Ukrainani va AQSHni biologik qurollar ishlab chiqishda ayblagan. Jumladan, u Ukraina hududida “chivinlar orqali tarqaladigan viruslar”ni oʻrganayotgan laboratoriyalar mavjudligini iddao qilgan.
Ukraina xavfsizlik xizmati vakilining aytishicha, generalning uyiga yaqin joyda turgan elektr skuter ichiga joylashtirilgan qoʻlbola portlovchi qurilma yordamida hujum amalga oshirilgan. U Kirillovning kimyoviy qurollarni Kiyevga ishlatishga buyruq berganini aytib, u Ukraina harbiylari uchun potensial nishon boʻlganini aytgan.
Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak esa, bu kabi usullarni rad etib, “Ukraina terrorchilik usullarini qoʻllamaydi, barcha qarorlar jang maydonida qabul qilinadi”, deb taʼkidladi. Bu voqea Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi harbiy keskinlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring