AQSH Gʻazo masalasida Netanyahuga bosimni kuchaytirmoqda
The New York Times xabariga koʻra, AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga nisbatan bosimni kuchaytirgan. Maqsad — Gʻazo sektoridagi sulh shartlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv kuchga kirganidan soʻng, Tramp yuqori lavozimli AQSH rasmiylaridan iborat delegatsiyani Isroilga yuborgan, ular joyida sulhga amal qilinishini nazorat qiladi.
Nashr yozishicha, Tramp Netanyahuning ayrim harakatlaridan ochiq noroziligini bildirmoqda, chunki ularning ayrimlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin.
AQSH prezidenti fikricha, Netanyahuni yanada qatʼiy nazorat ostida ushlab turish zarur, chunki bu oʻt ochishni toʻxtatish rejimining buzilishining oldini olishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring