Antonio Konte tarixiy natija qayd etdi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya tarixida birinchi marta uch xil jamoa bilan “Skudetto” (chempionlik) yutgan murabbiy boʻldi. 2024–25-yilgi mavsumning soʻnggi turida, “Napoli” oʻz maydonida “Kalyari” ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va aynan shu natija Konte murabbiylik faoliyatiga yana bir yirik yutuqni qoʻshdi. Taʼkidlash joizki, “Kalyari” avvalgi turdayoq quyi ligaga tushib ketishdan qutulib qolgan edi.
Konte uchun bu Neapoldagi birinchi mavsum boʻlishiga qaramay, u darhol jamoani Italiya chempioniga aylantirdi. Bungacha u “Yuventus” bilan ketma-ket uch mavsum (2011–12, 2012–13, 2013–14) va Inter bilan 2020–21 mavsumida A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan edi. Shu tariqa, u rasmiy ravishda Italiya oliy ligasida uchta turli klub bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan yagona murabbiyga aylandi.
Bungacha mashhur murabbiy Fabio Kapello ham uchta turli jamoa bilan chempion boʻlgan edi: u “Milan” bilan toʻrt marta (1991–92, 1992–93, 1993–94, 1995–96), “Roma” bilan 2000–01-yillarda va “Yuventus” bilan ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritgan. Ammo Kapelloning “Yuventus”dagi ikki chempionlik unvoni 2006-yilgi mashhur “Kalchopoli” mojarosi ortidan bekor qilingandi. Shu sababli, rasmiy statistikada uning faqat ikkita klubdagi chempionliklari hisobga olinadi.
Antonio Kontening bu yutugʻi nafaqat uning shaxsiy murabbiylik muvaffaqiyatlarini mustahkamladi, balki zamonaviy Italiya futbolida ishonchli yetakchi sifatidagi maqomini yanada oshirdi. U shuningdek, oʻzining motivatsion yondashuvi, taktik jihatdan puxta rejalar tuzish mahorati va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi bilan tanilgan murabbiydir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring