Andijonda Janubiy Fargʻona kanalini ifloslantirgan korxona aniqlandi
Andijonda Janubiy Fargʻona kanali suvini ifloslantirgan korxona aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani Shirmonbuloq qishlogʻi hududida Janubiy Fargʻona kanali suvida koʻpiklar paydo boʻlgani yuzasidan murojaatlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan oʻrganish ishlari olib borilgan.
Oʻrganish davomida 26-iyul kuni soat 9:00 lar atrofida suv yuzasida koʻpiklar paydo boʻlgani aniqlangan. Holat yuzasidan tezkorlik bilan suvdan namunalar olinib, tahlildan oʻtkazildi.
Natijalarga koʻra, Xoʻjaobod tumani “Solpi” MFY hududida joylashgan “N. G.” MCHJ tomonidan matolarga rang berish sexidan chiqayotgan oqova suv, tozalash inshooti toʻliq ishlamaganligi sababli, qisman tozalanmasdan Janubiy Fargʻona kanaliga tashlanayotgani aniqlandi.
Tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash uchun suv namunalari tahlil qilindi. Toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqish va tegishli chora koʻrish uchun sud organlariga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring