Andijonda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan rasmlar tanlovi oʻtkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablarida rasmlar tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlov orqali oʻquvchilar harbiy xizmatchilarning fidokorona mehnati, Vatanga sadoqati hamda tinchlik va osudalikning bebaho neʼmat ekanini rangtasvir asarlari orqali ifodaladilar.
Jumladan, Andijon shahridagi 50-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tanlovda yuzlab oʻquvchilar faol ishtirok etdi. Boshlangʻich va yuqori sinf oʻquvchilari qamrab olingan ushbu tadbirda tasviriy sanʼatga qiziquvchi yoshlar milliy armiyamizga boʻlgan munosabati va tasavvurlarini ijodiy ishlar orqali namoyon etdilar.
— Bu tanlovda men askarlarimizning fidokorona xizmati, Vatanga boʻlgan sadoqatini rasm orqali aks ettirishga harakat qildim, — deydi mazkur maktab oʻquvchisi Sanjarbek Ahmedov. — Ularning jasorati va matonati biz, yoshlar uchun katta ibrat. Kelgusida oʻzim ham harbiy xizmatchi boʻlib, yurtimiz tinchligi va xavfsizligini himoya qilishni orzu qilaman.
Tanlov yakunida yosh toifalari boʻyicha eng chiroyli va mazmunan boy ijodiy ishlar saralanib, gʻoliblar Andijon viloyati bojxona boshqarmasining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Qayd etilishicha, bunday tadbirlar yosh avlodda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlash, milliy armiyaga boʻlgan hurmatni oshirish hamda ularni ezgu maqsadlar sari yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring