Andijonda ulkan daraxt “Cobalt”ni bosib qoldi

17:13 26 May 2025 Jamiyat
176 0

Foto: Andijon YHXB

Ijtimoiy tarmoqlarda “Cobalt” rusumli mashinani ulkan daraxt bosib qolgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX YHXB mazkur hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 26-may kuni soat 13:20 larda Marhamat tumani “Dukchi Eshon” MFY Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. Bu vaqtda 32 yoshli I.F. oʻzining “Cobalt” rusumli avtomashinasini yoʻl chetiga qoʻyib, tushlik qilish uchun oshxonaga kirib ketgan boʻlgan.

Ob-havo keskin oʻzgarishi va kuchli shamol esishi oqibatida yoʻl yoqasida oʻsib turgan terak daraxti I.F.ning mashinasi ustiga qulab tushgan.

Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan, avtomashina texnik shikastlangan.

“Barcha fuqarolardan noqulay ob-havo sharoitlarida avtomashinalarini daraxtlar ostiga, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar oldida qoldirib ketmasliklarini soʻraymiz!” deyiladi YHXB xabarida.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-may sanasida Toshkent shahrida ob-havoning yomonlashuvi sababli simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi va havoda chang miqdorining koʻpayishi kuzatildi. Oqibatda bir nechta mashinalarga shikast yetdi. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi shifoxonalardan biriga kuchli shamol oqibatida qulagan daraxt tagida qolgan ikki nafar fuqaro olib kelingani hamda ulardan biri muassasa qabulxonasida jon bergani, ikkinchi bemor esa ogʻir ahvolda ekani xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер