Andijondagi korxonada yuz bergan avariya sabab kanalga neft oqib ketdi

12:41 29 Iyul 2025 Jamiyat
188 0

Videodan kadr

Bugun, 29-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalda qop-qora neft oqayotgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Viloyat Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, holat Andijon viloyati Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda oʻrganilgan. Maʼlum boʻlishicha, hodisaga “Sanoat energetika guruhi” MChJdagi avariya sabab boʻlgan.

Название

“Ushbu holat toʻliq bartaraf etildi. Holat boʻyicha “Sanoat energetika guruhi” MChJga tegishli tartibda tekshiruv oʻtkazish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi”, deyiladi xabarda.

Название

Qoʻshimcha qilinishicha, tekshirish ishlari yakunlanishi bilan tabiatga yetkazilgan zarar va taʼsir choralari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?