Andijon viloyati texnikumlarida dual taʼlim keng joriy etilmoqda
Andijon viloyatida texnikumlar faoliyatida dual taʼlimni keng joriy etish ustuvor yoʻnalish sifatida belgilangan. Ayni paytda hududdagi 56 ta texnikumda 94 ta kasb yoʻnalishi boʻyicha 45 ming nafardan ziyod oʻquvchi tahsil olmoqda.
— Men uchun dual taʼlimning eng katta afzalligi — kasbni bevosita ish jarayonida oʻrganish imkoniyatidir, — deydi Asaka shahridagi agrotexnologiya texnikumi oʻquvchisi Ziyodbek Ahrorov. — Taʼlim jarayonining asosiy qismi “UzAvto Motors” aksiyadorlik jamiyatida oʻtmoqda. Amaliy mashgʻulotlar davomida uskunalar bilan ishlashni, ish jamoasiga moslashishni hamda ish beruvchi talablarini amalda anglashni oʻrganyapman. Shu bilan birga, mehnat faoliyatim uchun haq olayotganim kelajakka boʻlgan ishonchimni, oʻqishga nisbatan masʼuliyatimni yanada oshirmoqda.

Dual taʼlim jarayonlari asosan sanoat, transport, qurilish, yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi hamda xizmat koʻrsatish sohalarida keng qoʻllanilmoqda. Bu esa oʻquvchilarning ish joyida tayyor mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring