Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
2025-yil 9-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bloger Ulugʻbek Ashur tomonidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov haqidagi “Andijon viloyati hokimi haqidagi kompromat bor gapmi yoki tuzoqmi?” nomi ostida post eʼlon qilindi. Hokimlik matbuot xizmati ushbu xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga koʻra, postda “Andijonlik fuqaro maʼlumotiga koʻra” degan ibora ostida viloyat hokimi goʻyoki 15 yoshli qizga nisbatan jinoyat sodir etgani haqida asossiz bayonot berilgan.
Andijon viloyati hokimligi ushbu maʼlumotlarni mutlaqo haqiqatga zid va shaxs shaʼni, qadr-qimmati hamda obroʻsiga putur yetkazuvchi tuhmat deb hisoblaydi.
“Ushbu asossiz maʼlumotlarni tarqatganlar va jamoatchilik ongida notoʻgʻri fikr uygʻotishga uringan shaxslar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi” deyiladi hokimlik xabarida.
Tekshiruv natijalariga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring