Akademik Edvard Rtveladze 80 yoshida vafot etdi

22:48 10 Fevral 2022 Jamiyat
1230 0

Foto: Халқ сўзи

Atoqli arxeolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Rtveladze Edvard Vasilevich 80 yoshida vafot etdi.

Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo, Kavkaz va qoʻshni mamlakatlarning tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, madaniyati va sanʼati sohasida yetuk olimi edi. Edvard Rtveladze 840 dan ziyod ilmiy ish, jumladan, 41 monografiya muallifidir. Besh yuzdan ziyod ilmiy maqolasi Oʻzbekiston, Rossiya, Italiya, AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Gretsiya, Gruziya, Polsha, Hindiston kabi davlatlardagi nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilgan. Uning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan nomzodlari tayyorlangan.1972-yilda Shimoliy Baqtriya hududida tadqiqot olib borgan Rtveladze Kampirtepaning noyob qadimiy yodgorligini topdi.

U “Beruniy” nomidagi davlat mukofoti (1985), “Buyuk xizmatlari uchun” (2001) va “Mehnat shuhrati” (2003), “El yurt hurmati” (2017) hamda Gruziyaning «Girdebis ordeni» – “Shon-sharaf” ordenlari (2001) bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Gretsiyadagi Avliyo Konstantin ordeni va fan va texnika sohasidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (2007) boʻlgan.Olim Yevropa professorlar uyushmasining diplomini olgan (2007). Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston — 1962-yilda, Turkmaniston 1961-yilda) va Shimoliy Kavkaz (Stavropol oʻlkasi, Karachay-Cherkesiya, Kabardin-Balkar, Shimoliy Osetiya)da oʻtkazilgan yuzdan ortiq arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер