Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
Joriy yilning 30-avgust kuni “O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Hujjatga ko'ra, 2024 yil 1 oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
- 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
- 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi;
- turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi.
2024 yil 1 noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring