Ayrim chet tili oʻqituvchilariga 50 mln soʻmdan subsidiya ajratiladi
Kasbiy taʼlim muassasalari va monomarkazlarda faoliyat yuritayotgan chet tili oʻqituvchilari uchun bir martalik subsidiya ajratiladi. Bu haqda Bandlik vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, oʻquvchilari ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari boʻyicha kamida B1 va unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat olgan ustozlar 25-fevralga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Sertifikatga ega oʻquvchilar soniga qarab reyting tuziladi va 50 nafar eng yaxshi oʻqituvchiga 50 million soʻm miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Batafsil maʼlumot uchun Migratsiya agentligining +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32) telefon qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring