Afsonaviy basketbolchi Kobe Brayant vertolyot qulashi oqibatida halok boʻldi

Milliy basketbol assotsiatsiyasining besh karra chempioni, ikki karra Olimpiya chempioni, amerikalik Kobe Brayant AQSHda vertolyot qulashi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda TMZ maʼlum qildi.
41 yoshli sportchining shaxsiy vertolyoti Kaliforniyaning Kalabasas shahri yaqinida qulagan. Brayan bilan birga uning 13 yoshli qizi ham vertolyotda boʻlgan. Halokat natijasida jami 9 kishi halok boʻlgani aytilmoqda.
Taʼkidlanishicha, halok boʻlganlar orasida Brayantning rafiqasi Vanessa yoʻq. Kobening jami toʻrt farzandi bor edi.
Brayant basketbolchilik faoliyatini 2016-yilda yakunlagan. 1996-yildan 2016-yilgacha u “Los-Anjeles Leykers” basketbol klubida oʻynagan. Kobe “Leykers” tarkibida besh marotaba MBA chempioni boʻldi, 2008-yilda u MBAning eng qimmatbaho oʻyinchisi, 2009 va 2010-yillarda — MBA finalidagi eng qimmatbaho oʻyinchi deb tan olindi, AQSH terma jamoasi tarkibida Brayant ikki marotaba (2008, 2012) Olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻldi. U MBA tarixidagi eng samarali sportchilar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (33643 ball), 18-marta MBA Yulduzlari oʻyinlarida qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring