Afgʻonistondagi zilzila Oʻzbekiston hududida sezildi
Illyustrativ foto
Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning 9 ta hududida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 21-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:14 da Afgʻonistonning Badaxshon viloyatida yer silkinishi qayd etilgan. Zilzilaning epitsentrda sezilish kuchi 3 ballni tashkil qilgan.
Manbaga koʻra, yer qimirlashi 225 km chuqurlikda yuzaga kelgan, uning magnitudasi 6 ga teng. Zilzila epitsentri Toshkentdan 556 km janubiy-sharqda joylashgan.
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 3 ball, 349 km.
Fargʻona viloyatida 2-3 ball, 438 km.
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 489 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 492 km.
Jizzax viloyatida 2-3 ball, 493 km.
Samarqand viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Namangan viloyatida 2-3 ball, 505 km.
Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 536 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 556 km.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring