Afgʻonistonda kuchli zilzila 10 nafar odamning umriga zomin boʻldi
Foto: “Reuters”
Dushanba kuni ertalab Afgʻonistonning shimolida joylashgan Mazori Sharif shahri yaqinida 6,3 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Mahalliy rasmiylar maʼlumotiga koʻra, tabiiy ofat oqibatida kamida 10 kishi halok boʻlgan, 260 nafardan ortiq fuqaro yaralangan. Qurbonlar soni yana oshishi mumkinligi aytilmoqda.
AQSH Geologik xizmati (USGS) maʼlumotiga koʻra, zilzilaning epitsentri Mazori Sharif yaqinida, 28 kilometr chuqurlikda qayd etilgan. Bu shaharda 520 mingdan ziyod aholi yashaydi. Eng koʻp zarar koʻrgan hududlar Balx va Samangon viloyatlari boʻlgan.
“Tolibon” hukumatining mudofaa vazirligi bayonotida harbiy qutqaruv guruhlari va tez yordam xizmatlari zudlik bilan faoliyat boshlagani, jabrlanganlarga yordam koʻrsatayotgani maʼlum qilingan. Afgʻoniston sogʻliqni saqlash vazirligi esa barcha yaqin atrofdagi shifoxonalar ogoh holatga keltirilganini bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, zilzila Mazori Sharifdagi muqaddas “Koʻk masjid” majmuasining bir qismini ham vayron qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring