Afgʻonistonda avtobus ishtirokidagi YTHda 25 kishi halok boʻldi
Foto: AFP
Afgʻoniston poytaxti Qobul yaqinida avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Dawn nashri xabar qilishicha, hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok boʻlgan, yana 27 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan.
Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Matin Kanining maʼlum qilishicha, YTHga avtobus haydovchisining aybi sabab boʻlgan.
“Avtobus yoʻlda agʻdarilib ketgan”, — deyiladi xabarda.
Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli haqida maʼlumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring