Afgʻoniston va Pokiston tinchlikni uzaytirishga kelishib oldi

16:15 31 Oktyabr 2025 Dunyo
499 0

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xabariga koʻra, Afgʻoniston va Pokiston tinchlik rejimini uzaytirish va tinchlik boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi.

25–30-oktyabr kunlari Istanbulda Afgʻoniston, Pokiston, Turkiya va Qatar vakillari yigʻilib, 18–19-oktyabrda Dohada Turkiya va Qatar vositachiligida erishilgan Afgʻoniston–Pokiston oʻrtasidagi oʻt ochishni toʻxtatish rejimini mustahkamlash masalasini muhokama qildilar. Bayonotda “Barcha tomonlar tinchlikni davom ettirishga rozilik bildirdi”, deyiladi.

Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, tomonlar 6-noyabr kuni Istanbulda yangi uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Afgʻoniston va Pokiston tinchlikni nazorat qilish va buzilishlarni aniqlash uchun monitoring va tekshiruv mexanizmini yaratish boʻyicha kelishuvga erishdilar. Ushbu mexanizm nizolarni oldini olish va qoidabuzarlarga nisbatan chora koʻrishga yordam beradi.

Eslatib oʻtamiz, avval Pokiston mudofaa vaziri Havajja Muhammad Asif agar tinchlik boʻyicha kelishuvga erishilmasa, tomonlar ochiq urushga kirishi mumkinligini ogohlantirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер