Abduqodir Husanov Fransiyada oyning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi!

Oʻzbekistonlik isteʼdodli yosh himoyachi Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Liga 1”ning rasmiy sahifasida maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Lans” klubi himoyachisi Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi. Abduqodir muxlislar orasida oʻtkazilgan soʻrovnomada katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi. Qayd etish kerakki, Husanov bunday unvonga ega boʻlgan birinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi.
Husanov mukofotni yutish uchun nomzodlar safida Jonatan Rou (“Marsel”) va Malik Fofana (“Lion”) ham bor edi. Abduqodir soʻrovnomada 47 foiz ovoz oldi. Rou va Fofana esa mos ravishda 28 foiz va 25 foiz ovoz toʻplashdi.
Oktyabr oyida 20 yoshli futbolchi “Lans” safida barcha 3 oʻyinda toʻliq harakat qildi va “Sofascore” talqiniga koʻra oʻyinlarda oʻrtacha 7 ball oldi. Joriy mavsumda Abduqodir klub safida 11 oʻyinda qatnashdi.
Maʼlumot uchun, yosh himoyachi Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tugʻilgan futbolchilar orasida dunyoning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” boʻlishga daʼvogar boʻlgan 25 futbolchi roʻyxatiga kiritildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring