Abbosbek Fayzullayevning transfer narxi sezilarli darajada oshdi

Germaniyaning Transfermarkt portali Rossiya Premyer-ligasida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini yangiladi.
SSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevning transfer bahosi 2 million yevroga oshib, 6 million yevrodan 8 million yevroga koʻtarilgan. Oʻzbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi Rossiya Premyer-ligasida transfer narxi eng koʻp koʻtarilgan futbolchilar uchligidan joy oldi.
“Spartak” hujumchisi Manfred Ugaldening (15 million yevro) bahosi 6 million yevroga koʻtarilgan boʻlsa, “Lokomotiv” yarimhimoyachisi Aleksey Batrakovning (8 million yevro) transfer narxi 3 million yevroga, Abbosbek Fayzullayevning (8 million yevro) 2 million yevroga oshgan.
Abbosbek Fayzullayev 8 million yevro transfer narxi bilan SSKAning eng qimmatbaho oʻyinchilari orasida Ivan Oblyakovdan (9 million yevro) keyingi 2-oʻrinni egallagan.
Oʻzbekistonning eng qimmatbaho oʻyinchilari roʻyxatida Abduqodir Husanov birinchi, Abbosbek Fayzullayev ikkinchi, Eldor Shomurodov esa uchinchi oʻrinni band etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring