28-may kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

18:01 27 May 2025 Jamiyat
186 0

“Oʻzgidromet” 28-may kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida ravo bir oz bulutli boʻladi, ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekund gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari da havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер