2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro!
FIFA Prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni yangi lavozim bilan qutladi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006-yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni boʻlgan edingiz. Oradan yigirma yil oʻtib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda — Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz”, — deb taʼkidlagan FIFA rahbari.
Eslatib oʻtamiz, 6-oktyabr kuni Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi va Fabio Kannavaro oʻrtasida 2+3 koʻrinishidagi shartnoma imzolangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring