2026-yilda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm viloyatlarning oʻziga beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
2026-yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion soʻm viloyatlarning oʻziga beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, bu mablagʻ hamma tumanga teng taqsimlanmaydi. Chunki, Doʻstlik tumanida berilgan 5 milliard soʻm maqsadli ishlatilib, Chinobod mahallasidagi 2 kilometrli koʻchaning infratuzilmasi yaxshilandi, kunu tun ishlaydigan maskanga aylantirildi.
Ishning samarasi koʻringani sababli tumanga yana 10 milliard soʻm ajratilgan edi, koʻchaga tutashgan daryo boʻyi obodonlashtirildi, savdo-servis uchun qoʻshimcha joy ochildi. Natijada 130 ta yangi tadbirkor ish boshlab, 700 nafar odamni band qildi.
Lekin xuddi shunday “drayver” loyihalar uchun mablagʻ olgan Uchkoʻprik, Bektemir, Jomboy, Kitob, Toshkent tumanlarida hali natija koʻringani yoʻq.
“Endi qaysi hokim tez harakat qilib, aniq loyiha asosida natija koʻrsatsa, oʻsha tuman koʻp mablagʻ oladi”, dedi Prezident.
Viloyat hokimlariga ish oʻrni yaratish va kambagʻallikni qisqartirishga katta turtki beradigan loyihalarni saralab, barcha tayyorgarlikni shu yilning oʻzida oxiriga yetkazish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring