2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berildi

14:01 07 Iyun 2025 Jamiyat
147 0

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmi haqida maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasining hududlari kesimida tashqi savdo aylanmasi hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayt etilgan.

Poytaxtda yanvar-aprel oylarida 8 milliard dollarlik tashqi savdo aylanmasi kuzatilgan.

Respublikamizning boshqa hududlaridagi tashqi savdo aylanmasi hajmi quyidagicha boʻlgan (AQSH dollarida).

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 208,8 mln
  • Andijon viloyati – 1,2 mlrd
  • Buxoro viloyati – 461,3 mln
  • Jizzax viloyati – 528,4 mln
  • Qashqadaryo viloyati – 316,1 mln
  • Navoiy viloyati – 526,8 mln
  • Namangan viloyati – 477,3 mln
  • Samarqand viloyati – 1,2 mlrd
  • Surxondaryo viloyati – 271,6 mln
  • Sirdaryo viloyati – 246,7 mln
  • Toshkent viloyati – 1,8 mlrd
  • Fargʻona viloyati – 678,5 mln
  • Xorazm viloyati – 251,4 mln

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер