2025-yilda mehnat faoliyati bilan bogʻliq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etildi

10:13 12 Yanvar 2026 Jamiyat
233 0

avlat mehnat inspeksiyasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil davomida respublika boʻyicha mehnat faoliyati bilan bogʻliq jami 849 ta baxtsiz hodisa tekshirilib, hisobga olingan. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, qayd etilgan baxtsiz hodisalarning:

  • 50 tasi — guruhiy;
  • 583 tasi — ogʻir oqibatli;
  • 216 tasi — oʻlim bilan yakunlangan.

Ushbu hodisalar natijasida jami 961 nafar xodim jabrlangan. Jumladan:

  • 680 nafar — ogʻir jarohat olgan;
  • 33 nafar — yengil jarohatlangan;
  • 248 nafar — vafot etgan.

Tekshiruv yakunlariga koʻra, qator masʼul shaxslarga nisbatan huquqiy choralar koʻrilgan. Xususan:

  • 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan;
  • 241 nafar shaxsga maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

“Mehnat xavfsizligi — har bir ish joyida ustuvor masala boʻlishi shart”, — deyiladi vazirlik xabarida.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?