“2025-yil Xitoy – Markaziy Osiyo Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi” – mintaqaviy hamkorlik boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”

20:09 11 Sentyabr 2025 Iqtisodiyot
219 0

Foto: “Xalq soʻzi”

2025-yil 11-sentyabr kuni Toshkent shahrida Xitoy xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “2025-yil Xitoy – Markaziy Osiyo Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi” matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Xalqaro savdoni rivojlantirish boʻyicha Xitoy kengashining Qozogʻistondagi vakolatxonasi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etib jurnalistlar savollariga javob berdilar. 2025-yil Xitoy – Markaziy Osiyo Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi 16–18-sentyabr kunlari Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da oʻtkaziladi.

XitoyOʻzbekiston doʻstligi va hamkorligi natijalari

1992-yilda diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan buyon Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi “doʻstlik daraxti” chuqur ildiz otib, shohlari keng yoyildi. Oʻzaro hurmat va oʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslanib, tomonlar barcha sohalarda salmoqli amaliy natijalarga erishdi. Koʻp yillar davomida Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkori va asosiy investorlaridan biri boʻlib kelgan.

2025-yil iyun oyida Xitoy-Markaziy Osiyo Ikkinchi sammiti muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va boshqa davlat rahbarlari “Abadiy yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma”ni imzoladilar. Ushbu tashabbus kelajakdagi hamkorlik vektorini belgilab beruvchi “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini uygʻunlashtirishga kuchli turtki berdi.

2025-yil 31-avgust kuni Tyanszin shahrida SHHT Davlat rahbarlari kengashining 25-majlisi boʻlib oʻtdi. “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” multimodal transport yoʻlagi ishga tushirilgandan soʻng Xitoy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi savdo aloqalari yanada mustahkamlandi va bu mintaqaviy hamkorlikning izchil rivojlanishining yorqin namunasiga aylandi. Uchrashuvda Xitoy va Oʻzbekiston rahbarlari amaliy hamkorlikni, ayniqsa, logistika, savdo, sarmoya va raqamli texnologiyalar sohalarida chuqurlashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishdilar.

Bugungi kunda Xitoy va Oʻzbekiston “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatidagi hamkorlik ruhidan kelib chiqib, ochiqlik, sheriklik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillariga amal qilishda davom etmoqda, erkin savdo, sarmoya va “yashil” rivojlanish sohalarida hamkorlikni kengaytirmoqda. Bularning barchasi koʻrgazmani oʻtkazish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Koʻrgazmaning asosiy xususiyatlari: yangi darajadagi hamkorlikning uch jihati

2025-yil Xitoy – Markaziy Osiyo Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi Xitoy – Oʻzbekiston doʻstona hamkorligini amalda roʻyobga chiqarishning muhim ifodasi boʻlib, quyidagi uchta asosiy xususiyatga ega:

Keng koʻlamli va koʻp tarmoqli qamrov.

Koʻrgazmaning yopiq pavilyon maydoni 4000 kvadrat metr, ochiq maydoni esa 800 kvadrat metrni tashkil etadi, ishtirokchi korxonalar soni esa 200 ga yaqin. Unda yettita asosiy boʻlim tashkil etiladi: Milliy imij koʻrgazma hududi, aqlli ishlab chiqarish va sanoat uskunalari boʻlimi, yashil energiya va energiya saqlash tizimlari boʻlimi, aqlli qurilmalar va elektron texnologiyalar boʻlimi, aqlli transport va avtomobil qismlari boʻlimi, aqlli qurilish va ekologik materiallar boʻlimi hamda raqamli savdo va xizmatlar savdosi boʻlimi. Bu nafaqat Xitoyning yuqori darajadagi ishlab chiqarish va zamonaviy xizmat koʻrsatish sohalaridagi salohiyatini toʻliq namoyish etadi, balki Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi hamda sanoatni modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlariga hamohang boʻlib, koʻplab yangi biznes imkoniyatlarini tezlashtirib yuzaga chiqarishi kutilmoqda.

Ilgʻor yangiliklar uygʻunlashuvi, texnologik innovatsiyalar zamon ruhini belgilaydi. Ushbu koʻrgazmada ishtirokchilar safi nihoyatda kuchli boʻlib, “Gree”, “Hisense” kabi tarmoq yetakchi kompaniyalari, shuningdek, “Zhejiang Hangcha” kabi tor sohalardagi liderlar jam boʻlgan. Koʻrgazmada taqdim etiladigan mahsulotlar doirasi keng boʻlib, ular yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, aqlli texnologiyalar va yashil energiya kabi ilgʻor sohalarni qamrab oladi. Bu Xitoy kompaniyalarining texnologik innovatsiyalar va sanoat modernizatsiyasidagi yuksak yutuqlarini toʻliq namoyish etadi. Bu nafaqat Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari korxonalari uchun Xitoy texnologiyalari va mahsulotlarini yaqindan bilish imkonini beruvchi muhim platforma boʻlib xizmat qiladi, balki ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnologik almashinuvni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga kuchli turtki beradi. Ushbu koʻrgazmada yuqori texnologiyali korxonalar va oʻz brendlariga ega innovatsion subyektlarning ulushi katta boʻlib, “DEEP Robotics”, “Ruhr IoT” va “Tianjin Huabang” kabi kompaniyalar biomimetik robotlar, aqlli sezgir terminallar va aqlli qadoqlash tizimlari kabi ilgʻor yutuqlarini taqdim etdilar.

Tadbirlar boy, chuqur muloqot maydoni yaratilmoqda. Koʻrgazma mahsulotlar namoyishi, biznes muzokaralari, xizmatlar tajribasi va texnologiyalar almashinuvini oʻzida mujassam etgan kompleks xalqaro platformani shakllantirishga intiladi. Koʻrgazmadan tashqari, maxsus qoʻshimcha tadbirlar ham puxta rejalashtirilgan. 16-sentyabr kuni ochilish marosimi va Xitoy – Oʻzbekiston savdo va investitsiya forumi boʻlib oʻtadi. Unda ikki mamlakat siyosiy doira vakillari, soha tashkilotlari, ishtirokchi kompaniyalar, xaridorlar va OAV vakillari ishtirok etadilar. Koʻrgazma davomida yana Xitoy brendlari boʻyicha talab va taklif anjumani, tarmoq taqdimoti va uchrashuvlari kabi tadbirlar ham tashkil etiladi. Tadbirlar chogʻida talab va taklif roʻyxatlari joyida eʼlon qilinadi, Xitoy va Oʻzbekiston savdo aloqalari ehtiyojlari aniq moslashtiriladi hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikka erishiladi.

Xitoy–Oʻzbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligini yangi bosqichi

Ushbu koʻrgazma nafaqat Xitoy korxonalari uchun dunyo bozoriga chiqishning muhim oynasi, balki Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasidagi korxonalar uchun Xitoyni yaqindan bilish va hamkorlik imkoniyatlarini izlashning muhim maydonidir. Turli sohalarda hamkorlik rishtalarini bogʻlash orqali Xitoy – Oʻzbekiston ikki tomonlama savdo-iqtisodiy rivojiga turtki beriladi, “Xitoy brendlari”ning Markaziy Osiyo bozoriga chiqishiga koʻmaklashiladi. Shu bilan birga, koʻrgazma “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida ikki mamlakat hamkorlik aloqalariga yangi hayot baxsh etadi, sanoat modernizatsiyasi va globallashuv jarayonida hamkorlikni rivojlantiradi.

Tashkilotchilar hukumat idoralari, savdo-sanoat uyushmalari, OAV hamda jamiyat vakillarini 2025-yil Xitoy – Markaziy Osiyo Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasiga tashrif buyurishga chorlab, Oʻzbekistonning yetakchi OAVlarini mazkur koʻrgazma va unga oid tadbirlarni toʻliq hamda chuqur yoritishga taklif qildilar. Bu koʻproq tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi, mutaxassislar va keng jamoatchilikka Xitoy mahsulotlarini har tomonlama tanishtiradi hamda ikki tomonlama munosabatlarni umumiy maqsad sari yanada yaqinlashtiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер