2021-yilning eng asosiy xatarlari eʼlon qilindi

17:18 05 Yanvar 2021 Dunyo
1648 0

“Eurasia Group” konsalting kompaniyasi eng asosiy xatarlar oʻntalik reytingini eʼlon qildi. Xabarga koʻra, 2021-yilda sayyoramiz ushbu tahdidlar bilan toʻqnashadi.

“Amerikaning boʻlinishi” roʻyxatda birinchi oʻrinni egallagan. Gap shundaki, Jo Baydenning hokimiyatga kelishi bilan yangi davr boshlandi. Bu davrda AQSH aholisining deyarli yarmi yangi prezident faoliyati nelegitim deb hisoblamoqda.

SOVID-19 pademiyasi ikkinchi asosiy xatar sifadida qayd etildi. Mutaxassislar fikricha, koronavirusga qarshi emlash jarayonida boylar va kambagʻallar oʻrtasidagi tabaqalanish yana-da kuchayadi. Bu koʻplab mamlakatlarda tartibsizliklar keltirib chiqaradi.

Iqlim oʻzgarishi roʻyxatning uchinchi qatoridan joy oldi. 

Shuningdek, reytingdan Vashington va Pekin oʻrtasidagi ziddiyatlarning avj olishi, xalqaro miqyosda maʼlumotlar almashinuvi muammolari, kibermaydonda global konflikt vujudga kelishi, Turkiyadagi iqtisodiy muammolar, neft narxi tushib ketishi tufayli Yaqin Sharqdagi ijtimoiy taranglikning kuchayishi, Germaniya kansleri Angela Merkelning lavozimidan ketishi, Lotin Amerikasi davlatlarida pandemiya va baʼzi mamlakatlarda saylovlar sababli ijtimoiy hamda siyosiy krizis kabi tahdidlar ham oʻrin egallagan.

Eslatib oʻtamiz, dekabrda Saxo Bank 2021-yil uchun “ajobtovur bashoratlar”ini eʼlon qilgan. Tashkilot bunday bashoratlarni har yili eʼlon qiladi. Ular, asosan, ahamiyatsiz holatlarga tegishli boʻladi. Ammo moliyaviy bozor uchun katta xavf tugʻdiradi.

Prognozlarning birida 2021-yilda dezinformatsiya tarqalishi nihoyatda kuchayishi taʼkidlangan. Boshqa bir prognozda fuqarolik texnologiya jamgʻarmalari yaratilishi bashorat qilinadi: har bir kishiga texnologiya sohasidagi kapital aktivlariga egalik qilish ulishi va ishdan ayrilganlarga qoʻshimcha aksiyalar ajratiladi.

Saxo Bankʻning yana bir prognozida aytilishicha, dunyo rekord darajadagi iqtisodiy oʻsishni saqlab qolish uchun energetikada katta yutuqlarga ehtiyoj sezmoqda, bu yil termoyadro energiyasi rivojlanishi ochlik muammosini hal etadi, transport narxini pasaytiradi, umumiy robotlashtirishga olib keladi hamda turmush darajasini yaxshilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер