165 ming nafardan ziyod muhtoj fuqaroga yordam koʻrsatildi
Gulandom Mizrobova hayotning ogʻir sinovlariga duch kelib, murakkab vaziyatga tushib qoldi. Ammo “Oyning oʻn beshi qorongʻu, oʻn beshi yorugʻ”, deyishganicha bor. Ne-ne umidlar bilan ikki farzandni boqib, tarbiyalayotgan ayolni davlat tomonidan yoʻlga qoʻyilgan ijtimoiy xizmatlar tizimi boshi berk koʻchadan olib chiqdi.
Shofirkon tumanidagi “Qayragʻoch” mahallasining ijtimoiy xizmat xodimi Zulxumor Saidova tomonidan shu hududda istiqomat qiluvchi bu ayolga bir qator xizmatlar koʻrsatildi. Avvalo, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi uni ruhiy inqiroz holatidan olib chiqib, oʻziga boʻlgan ishonchini tiklashida koʻmaklashdi. Gulandomning qiziqishi va intilishlari inobatga olinib, uning “Kasbiy koʻnikmalar markazi”da ayollar va bolalar uqalovchisi oʻquv kursida oʻqishi uchun sharoit yaratildi. Bu orada ayolning Buxoro shahrida faoliyat yuritish istagi ham roʻyobga chiqdi. Shahardagi “A. Sifatmuniy” mahallasi “yettiligi” hamkorligida unga oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda yordam koʻrsatildi. Ayni damda Gulandom Mizrobova Buxoro shahridagi xususiy klinikada hamshira sifatida ishlabgina qolmay, qoʻshimcha ish tariqasida ayollar va bolalarga uqalash xizmatini ham koʻrsatmoqda.
— Shu birgina misolning oʻzi ham davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mahalla va tashkilotimiz mutaxassislarining koʻmagi ogʻir vaziyatga tushgan insonlarning hayotini butunlay oʻzgartirishi, ularni mustaqil hayotga qaytarishi mumkinligidan dalolat beradi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi masʼul xodimi Zarnigor Nafiddinova. — Darvoqe, joriy yilning 1-oktyabriga qadar jami 165 ming nafardan ziyod muhtoj fuqaroga zarur yordam koʻrsatildi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring