15 yoshga toʻlmagan bolalar ishlashi mumkinmi?
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining maʼlum qilishicha, Mehnat kodeksi va “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, 15 yoshga toʻlmagan bolalarni doimiy yoki ogʻir ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
Bildirilishicha, ishga qabul qilish yoshi odatda 16 yoshdan boshlanadi. Biroq, 15 yoshga toʻlmagan bolalar ota-ona yoki vasiy roziligiga binoan, sogʻligʻiga va oʻqishiga zarar yetkazmaydigan yengil ishlarda ishlashi mumkin.
Jumladan, sport, madaniyat va sanʼat — teatr, kino, konsert, moda yoki reklama loyihalarida ishtirok etish hamda axborot va ijodiy faoliyat, xususan, rasm chizish, dizayn, raqamli kontent yaratish, bolalar blogi yuritish, tanlov va ijodiy loyihalarda qatnashishlari mumkin.
Ish vaqti cheklovlari:
- 15–16 yoshda: haftasiga 24 soatgacha;
- Agar bola oʻqiyotgan boʻlsa: haftasiga 12 soatgacha.
Ish faqat darsdan keyin yoki taʼtil paytida amalga oshirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring