1,5 mingdan ortiq xodim ovqatlanish shoxobchalarida tibbiy koʻriksiz ishlab kelgan
Raqobat qoʻmitasi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 380 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarida xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtganligi boʻyicha oʻrganish olib bordi.
Aniqlanishicha, 2,8 ming nafardan ortiq ishchi orasida 1,164 nafar oshpaz, tayyorlovchi, tashuvchi xodimlar (41 foiz) tibbiy koʻriksiz ishlab kelgan. Oʻrganish jarayonida jami 410 nafar xodimga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun sharoitlar yaratildi.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonasida ishlaydigan xodim maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi, yaʼni sanitariya-normalari va talablari, standartlar talablariga rioya qilishi hamda tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlishi shart.
Taʼkidlash joiz, bugungi kunda 21 mingdan ortiq umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring