15-may kuni Livanda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi
Mamlakat aholisi kelasi 5 yillik uchun Livan parlamentining 128 aʼzosini saylashdi.
Livanda saylovlar mamlakat boʻylab 7700 ta saylov uchastkasida tashkillashtirildi. Saylov ertalabki 7:00 dan kechki 19:00 ga qadar davom etdi. Livanning xorijdagi diplomatik korpus va vakolatxonalarida ham saylov uchastkalari tashkillashtirildi.
Livan Ichki ishlar vazirligi 103 roʻyxat hamda 718 nafar nomzodni roʻyxatdan oʻtkazgan. Nomzodlardan 118 tasi ayollar. Livanda ochiq roʻyxatli proporsional saylov tizimi amal qiladi.
Livan qonunchiligiga koʻra 25 yoshga toʻlgan, muqaddam jinoyat sodir etmagan fuqarolar saylovda oʻz nomzodlarini ilgari surishi mumkin.
Livanda saylovchilarga qoʻyiladigan yosh senzi 21 yosh etib belgilangan. Bu yilgi saylovlarda 21-25 yosh kategoriyasi boʻyicha 600 ming saylovchi roʻyxatdan oʻtkazilgan. Jami saylovchilar 3 mln 967 mingdan ziyod. Saylovchilarning 51 % ayollarni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring